Urushda bedarak yo‘qolgan o‘zbek jangchisining xoki vataniga keltirildi

Urushda bedarak yo‘qolgan o‘zbek jangchisining xoki vataniga keltirildi

 

 

1922 yil Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan Boborahim Abdullayev 1941 yil Ikkinchi jahon urushiga ketgan edi.

Urush tugagach, uning bedarak yo‘qolganligi tasdiqlangandi. Biroq 2020 yil oktyabr oyida Sankt-Peterburgning “Liniya fronta” qidiruv otryadi tomonidan Leningrad viloyati, Kirovsk tumani, Molodsovo qishlog‘i yaqinida Ikkinchi jahon urushida vafot etgan askarlarni qidiruv ishlari olib borilishi natijasida bir askarning jasadi qoldiqlari yonidan topilgan hujjati va medaloniga ko‘ra Boborahim Abdullayev ekanligi tasdiqlandi.

Sankt-Peterburg shahar tashqi aloqalar qo‘mitasi boshqarmasi boshlig‘i Ye. Kassyuraning ta’kidlashicha Leningrad qamali paytida urushdan, sovuqdan va ochlikdan 420 ming nafar aholi, shulardan 7 ming nafari o‘zbekistonlik askarlar vafot etgan va ular haqqiga Sankt-Peterburg shahridagi Pskarevskiy qabristonida yodgorlik o‘rnatilgan.

O‘z navbatida O‘zbekiston Respublikasi hukumati va diplomatik vakolatxona nomidan o‘zbek qahramonini topishda va uni Vataniga qaytarishda zarur ishlar olib borganlari uchun ularga minnatdorchilik bildirildi.

Ona vataniga keltirilgan o‘zbek o‘g‘lonining xoki Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi boshchiligida va Kattaqo‘rg‘on tuman hokimligi, faxriylar, yoshlar va marhumning yaqinlari ishtirokida o‘zi tug‘ilib o‘sgan Enam yaxshi qishlog‘ining xalq qabristoniga musulmonlar udumiga ko‘ra qayta dafn etildi.

Urushda bedarak yo‘qolgan o‘zbek jangchisining xoki vataniga keltirildi Urushda bedarak yo‘qolgan o‘zbek jangchisining xoki vataniga keltirildi Urushda bedarak yo‘qolgan o‘zbek jangchisining xoki vataniga keltirildi Urushda bedarak yo‘qolgan o‘zbek jangchisining xoki vataniga keltirildi Urushda bedarak yo‘qolgan o‘zbek jangchisining xoki vataniga keltirildi

Marosimda marhum haqqiga qur’on tilovat qilinib, yaqinlariga hamdardlik bildirildi.

– Endigina esimni taniganimda, otam bilan enam, “Ikki bolam urushdan qaytmadi-ya”, deya xo‘rsinib yig‘laganlari hamon yodimda, – deydi Boborahim Abdullayevning singlisi Oysahat Islomova. – Akam endi yo‘qolgan askarlar qatorida emas, balki o‘zining qahramon safdoshlari bilan o‘zbek zaminida abadiy tinchlik topgan askar bo‘ldi. Buning uchun barcha-barchaga o‘z minatdorchiligimni bildiraman.

Marhumning hoki bilan birgalikda keltirilgan buyumlari endlikda, yaqinlarining roziligiga ko‘ra, Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan Toshkent shahrida bunyod etilgan “Shon-sharaf” muzeyida saqlanadigan bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!