Urganchda energetika tizimiga 3 milliard so‘mdan ziyod zarar yetkazildi

Urganchda energetika tizimiga 3 milliard so‘mdan ziyod zarar yetkazildi

Xorazm viloyati Urganch tumanida faoliyat yurituvchi “M.” fermer xo‘jaligi tizimga 3 milliard so‘mdan ziyod zarar yetkazgani ma’lum bo‘ldi.

Nazorat tadbirida aniqlanishicha, ushbu fermer xo‘jalikka qarashli binoda 11 ta isitish qozoni tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgan.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, holat tufayli tizimga 3,3 milliard so‘m miqdorida zarar yetkazilgan.

Ayni chog‘da ushbu noqonuniy harakat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda, deyiladi “O‘zenergoinspeksiya” axborot xizmati xabarida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!