O‘qishga kiritish evaziga 600 AQSh dollari olgan shaxsning qilmishi fosh bo‘ldi

O‘qishga kiritish evaziga 600 AQSh dollari olgan shaxsning qilmishi fosh bo‘ldi

Romitan tumanida yashovchi YU.M va B.M.larning arizalariga asosan o‘tkazilgan tezkor tadbirda, Buxoro shahrida yashovchi, 1981 yilda tug‘ilgan fuqaro M.A fuqaro YU.M.ning ishonchiga kirib, uni Buxoro davlat universitetiga o‘qishga kiritish evaziga 6.500 AQSh dollari miqdorida pora berishga dalolat qilib, 2019 yil 17 dekabr kuni Buxoro shahar B.Naqshband ko‘chasi yoqasida joylashgan “Baxt uyi” binosi yonida 600 AQSh dollarini olgan vaqtda ushlanib, tegishli tartibda rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Departamentning Kogon tuman bo‘limi tomonidan M.A.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi 2-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!