Uorren Baffet kompaniyasi bir kunda 4,3 mlrd dollar yo‘qotdi

Uorren Baffet kompaniyasi bir kunda 4,3 mlrd dollar yo‘qotdi

Dunyoning 3-raqamli eng boy insoni, sarmoyachi Uorren Baffetning Berkshire Hathaway kompaniyasi eng yirik xoldinglaridan biri Kraft Heinz aksiyalari keskin arzonlashib ketgandan keyin 4,3 mlrd dollar yo‘qotdi. Xolding aksiyalarining qadrsizlanishiga dividendlarning kamayishi va hukumatning unga nisbatan olib borayotgan tergovi haqidagi yangiliklar sabab bo‘lgan.

Aksiyalar 22 fevralda 27 foizga arzonlashib, 34,95 dollarni tashkil qilgan. 2018 yil oxiriga xoldingning 325 mlntadan ko‘proq aksiyasiga ega bo‘lgan Berkshire uchun ham yo‘qotishlar katta bo‘lgan, deb xabar berdi CNBC telekanali.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!