Ukrainalik qochqinlar tez orada vatanlariga qaytishlari kerak — Daniya

Ukrainalik qochqinlar tez orada vatanlariga qaytishlari kerak — Daniya

Daniyadagi ukrainalik qochqinlar mahalliy jamiyatga qo‘shilmaydi. Bu haqda bosh vazir Mette Frederiksen xabar berdi. U Ukraina qochqinlari mamlakatda vaqtincha bo‘lishlarini aniq aytib o‘tdi.

"Qochqin maqomi vaqtinchalik, shuning uchun imkoniyat tug‘ilganda qaytib kelib, vataningizni tiklashga yordam berishingiz kerak. Bu bizga boshqa qochqinlarga yordam berish imkonini beradi", - dedi hukumat rahbari.

Ukrainadan kelgan qochqinlar Daniyada ikki yil qolish huquqiga ega. Ular ishlashlari, ta’lim olishlari va tibbiy xizmatlar olishlari mumkin.

Evropa komissari Ilva Yoxanssonning aytishicha, ukrainalik qochqinlarni taqsimlash uchun majburiy kvotalar joriy etilmaydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushidan beri bunday migrasiya inqirozi bo‘lmagan. Shu bilan birga, Yoxansson ko‘plab mamlakatlar hukumatlarining urushdan qochgan ukrainaliklar bilan birdamligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!