Ukrainada jamoat transporti to‘xtab, maktablar yopildi

Ukrainada jamoat transporti to‘xtab, maktablar yopildi

Ukrainada koronavirus infeksiyasi tufayli jamoat transporti to‘xtab, maktablar yopilsa, Latviyada komendantlik soati joriy etishni rejalashtirmoqda.

Kiprda koronavirusning faqat bitta dozasini olganlar emlanmagan deb tasniflangan. Qoidalarning qattiqlashishiga sabab orolda bitta komponent bilan chegaralangan 11 ming kishining identifikasiyasi edi. Sog‘liqni saqlash vazirligi vaksinaning bitta dozasi to‘liq kursga qaraganda virusdan to‘liq himoya qilmasligini aytadi.

Ukrainaning beshta hududida koronavirus bilan bog‘liq epidemiya xavfining «qizil» darajasi joriy etildi. Bu Zaporojye, Odessa, Donesk, Dnepropetrovsk va Xerson viloyatlari. «Qizil» zonada jamoat transporti, savdo markazlari, restoranlar yopiladi, ta’lim muassasalariga kirish taqiqlanadi.

Latviya Sog‘liqni Saqlash Vazirligi rahbari mamlakatni qattiq karantinga olishga chaqirdi. Daniels Pavlyuts ish kunini olti soatga qisqartirishni va soat 19:00 dan 06:00 gacha komendantlik soati joriy etishni taklif qildi. Shuningdek, har qanday sport, madaniy, havaskor, ijtimoiy, diniy va ko‘ngilochar tadbirlarni cheklash tavsiya etiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!