Ukraina rasmiylari Qrimda kamikadze dronlarini boshqargan Eron harbiy maslahatchilari o‘ldirilganini tasdiqladi

Ukraina rasmiylari Qrimda kamikadze dronlarini boshqargan Eron harbiy maslahatchilari o‘ldirilganini tasdiqladi

Ukraina Milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Oleksiy Danilov The Guardian nashriga bergan intervyusida anneksiya qilingan Qrimda Rossiya harbiylariga Eronning "Shohid-136" kamikadze-dronlarini boshqarishda yordam bergan bir necha eronlik harbiy maslahatchilar halok bo‘lganini tasdiqladi.

Eron va Rossiya bir necha oy davomida Moskvaning Tehrondan Ukrainada foydalanish uchun jangovar o‘zi uchar uchoqlarni olayotganini inkor etib kelgan. Noyabr oyi boshida Eron tashqi ishlar vaziri mamlakat Rossiyaga dronlar yetkazib bergani, biroq bu urush boshlanishidan oldin bo‘lganini xabar qilgan edi.

Oktyabr oyi oxirida The Jerusalem Post gazetasi AQSh va Ukraina manbalariga tayanib, Qrimda o‘n nafar eronlik rus askarlarini Eron dronlaridan foydalanishga o‘rgatish chog‘ida Ukraina tomonining zarbalari tufayli halok bo‘lganini ma’lum qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!