Ukraina Qurolli Kuchlari: Odessa viloyatiga tungi hujum uchta X-22 raketasi bilan amalga oshirildi

Ukraina Qurolli Kuchlari: Odessa viloyatiga tungi hujum uchta X-22 raketasi bilan amalga oshirildi

Ukraina Qurolli kuchlarining “Janub” operativ qo‘mondonligi ma’lum qilishicha, kecha tunda Rossiyaning Tu-22 bombardimonchi samolyotlaridan Odessa viloyatiga uchta raketa uchirilgan.

“Odessa viloyatining Belgorod-Dnestrovskiy tumanida Tu-22 strategik samolyotining Qora dengizdan tungi raketa zarbasi natijasida uchta X-22 raketasi turar-joy binosi va ikkita dam olish maskaniga tegdi”, — deyiladi xabarda.

Qo‘mondonlik ma’lumotlariga ko‘ra, shu vaqtga qadar 17 nafar o‘lik, jumladan, bir bola topilgan.

30 dan ortiq kishi, jumladan, to‘rt nafar bola va bir homilador ayol jarohatlangan, vayronalar ostidan sakkiz kishi, jumladan, uch nafar bola qutqarilgan.

Qutqaruv ishlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!