O‘h-ho‘! Livandagi portlash qancha zarar keltirgani ma’lum bo‘ldi

O‘h-ho‘! Livandagi portlash qancha zarar keltirgani ma’lum bo‘ldi

Livanning Bayrut portida halokatli portlash yuzlab odamlarning hayotiga zomin bo‘ldi, shahar infratuzilmasini vayron qildi — zarar miqdori uchdan besh milliard dollargacha yetdi. Bu haqda Bayrut gubernatori Marvan Abbud ma’lum qildi, deya xabar beradi LBCI News portali.

Unga ko‘ra, Bayrutning yuzlab aholisi boshpanasiz qolgan. Gubernator vaziyatni halokatli deb atadi: qurbonlarning ko‘pligi sababli shahar binolarining yarmi shikastlangan, kasalxonalar to‘lib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, kecha Bayrut porti atrofida kuchli portlash yuz bergan. Natijada 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 4 mingga yaqin kishi jarohatlandi, shaharning yarmi vayron bo‘ldi, qurbonlarning ko‘pligi sababli shifoxonalarda bo‘sh joy qolmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!