UYEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi formatini o‘zgartirishi mumkin

UYEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichi formatini o‘zgartirishi mumkin

Evropa futbol assosiasiyalari ittifoqi (UYEFA) Chempionlar Ligasi formatini o‘zgartirish haqida o‘ylamoqda, deb xabar bermoqda “The Times”.

Gazetaning yozishicha, tashkilot shaxmatda ishlatiladigan "Shveysariya tizimi" deb ataladigan formatni ilgari surmoqda.

G‘oyaga ko‘ra, 32 yoki 36 ta jamoa bitta bo‘limga birlashtiriladi, ammo har bir klub o‘ntadan o‘yin o‘tkazadi. Shundan so‘ng raqiblar ularning holati qarab qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlanadi.

Eng ko‘p ochko to‘plagan 16 ta jamoa turnirning pley-off bosqichiga yo‘l oladi.

"Shveysariya tizimi"ning joriy etilishi 2024 yilda amalga oshirilishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!