"U mening og‘am": erkak nega rafiqasini o‘ldirgan terrorchini kechirdi?

"U mening og‘am": erkak nega rafiqasini o‘ldirgan terrorchini kechirdi?

Yangi Zelandiya masjidida sodir etilgan terrorchilik oqibatida zavjasidan ajragan musulmon Farid Ahmadning axloqiy kuchi, ma’naviyati va kechirimliligi hayratlanarlidir. Farid Ahmad: terrorist haqida: Men uni kechiraman va inson sifatida yaxshi ko‘raman... Umid qilamanki u hayotini o‘zgartiradi deydi. Bu haqda azon.uz yozmoqda.

Farid Uddin Ahmad va uning zavjasi Husna Ara Parvin Yangi Zelandiyaga Bangladeshdan kelishgan. Shu mamlakatda tanishib, turmush qurishdi. Olti yil avval Faridni mast haydovchi mashinada bosib ketganidan so‘ng u falaj (paralich) bo‘lib qoldi.

Shu kuni Husna odatga ko‘ra, falaj erini nogironlar aravachasida masjidga olib borgan edi. Juftlik bilan ularning bolalari ham masjidga borishgan. Hujum paytida er-xotin masjidning turli xonalarida bo‘lishgan. Terrorchi bostirib kirib o‘t ochgan paytda esa, Husna eri va bolalarini qutqarishga otlandi.

Husna masjiddagi boshqa bolalarni ham qutqarishda faollik ko‘rsatdi. Qochayotgan odamlarga xavfsiz joyni topishda yordamlashdi.

Masjiddagi bolalar xavfsiz joyga o‘tgach, nogironlar aravasidagi erini qutqarishga urindi. Husna erini qutqarishga borgan paytida qurbon bo‘ldi.

Farid shahid bo‘lgan zavjasi bilan faxrlanadi. Tiriklik chog‘ida ayol asosiy vaqtini bolalarga ta’lim berish muallimlik bilan o‘tkazgan. Hech kimga hech qachon yomonlik tilamagan. Ayolim ko‘chada biror nochor odamni ko‘rsa ham ko‘ziga yosh olardi , deydi Farid. U yaxshi xotin, yaxshi ona, yaxshi qo‘shni edi. Bilmadim, usiz endi kunimiz qanday kechadi. Bolalarni tarbiyasi bilan esa o‘zim shug‘ullanaman. Onasi odamlarni qutqarish uchun o‘zini qurbon qilganini ularga uqtiraman .

Shunga qaramay, Farid terrorchini yomon ko‘ra olmasligini ta’kidlaydi. Uni kechirganini e’tirof etadi.

Jurnalistlar mendan zavjamni o‘ldirgan insonga nisbatan munosabatimni so‘rashdi. Men uni yaxshi ko‘rishimni aytdim axir u inson-ku, Allohning bandasi, mening og‘am. Albatta, qilgan ishi xato. Ko‘pchilikning qarg‘ishiga ham qolgani rost. Balki uning hayotida biror voqea yuz berib, shu kabi ishga qo‘l urgandir. Aminmanki, zavjam tirik bo‘lganida, u ham bu insonni kechirgan bo‘lardi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!