Turkiyada terakt: 5 kishi halok bo‘ldi

Turkiyada terakt: 5 kishi halok bo‘ldi

Turkiyaning janubi-sharqidagi Diyarbakir viloyatida mamlakatda taqiqlangan Kurdiston Ishchilar partiyasi (KIP) a’zolari tomonidan sodir etilgan portlashda besh kishi halok bo‘ldi, deya xabar beradi provinsiya ma’muriyati.
"Bugun soat 6.30da (Moskva vaqti bilan bir vaqtda) Kulp tumanida mashina haydab ketayotgan beshta mahalliy aholi KIP terror tashkiloti a’zolari tomonidan o‘rnatilgan portlatish moslamasi oqibatida halok bo‘ldi. Bizning xavfsizlik kuchlarimiz aybdorlarni aniqlash va qo‘lga olish bo‘yicha operasiyani boshladi”, – deyiladi xabarda.

2015 yil iyul oyida Turkiyada KIP bilan qurolli mojaro qayta boshlanganidan so‘ng, 1000 ga yaqin harbiy va polisiya xodimi, shuningdek 500 ga yaqin tinch aholi kurd isyonchilarining hujumlari natijasida halok bo‘ldi. Turkiya Mudofaa vazirligiga ko‘ra, ushbu davrda xavfsizlik kuchlari 10 mingdan ortiq KIP a’zolarini zararsizlantirgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!