Turkiyada avtobus halokatga uchradi

Turkiyada avtobus halokatga uchradi

Turkiyada avtobusning halokatga uchrashi oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Belta” axborot agentligi xabar berdi.

Hodisa 5 iyul kuni ertalab Kirklareli-Istanbul trassasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, avtomobil ag‘darilib ketgan.

Mazkur baxtsiz hodisa tufayli 6 kishi hayotdan ko‘z yumgan bo‘lsa, 25 kishi jarohatlangan. Barcha yaradorlar shifoxonaga yetkazilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!