Turkiya Fransiyani josuslikda ayblamoqda: 4 kishi hibsga olindi

Turkiya Fransiyani josuslikda ayblamoqda: 4 kishi hibsga olindi

Turkiya hukumati Fransiyani josuslikda ayblab, to‘rt kishini hibsga oldi, deya xabar beradi RIA Novosti Turkiyaning Daily Sabah nashriga asoslanib.

Turkiya gazetasining yozishicha, hibsga olinganlar "ichki ishlar va konservativ tashkilotlar, diniy guruhlar va Turkiya diniy ishlar bo‘limi xodimlari to‘g‘risida" ma’lumot to‘plashgan. Nashrning yozishicha, gumondorlar Turkiyaning razvedka agentlari sifatida soxta hujjatlardan foydalanishgan va ular terrorchilar, shu qatorda Rossiya Federasiyasi va boshqa mamlakatlarda faoliyati taqiqlangan "Islomiy davlat" terrorchilik guruhi to‘g‘risida ma’lumot to‘plashgan.

Xususan, gazetaga ko‘ra, gumonlanuvchilardan biri Afg‘onistonda xizmat qilayotganda fransuz harbiylari tomonidan yollangan. Keyinchalik u Fransiyaning Istambuldagi Bosh konsulligida ishlagan va keyinroq fransuz razvedkalari bilan aloqalarni o‘rnatgan. Ta’kidlanishicha, unga Xorijiy legionga qo‘shilishda yordam berish va’da qilingan. Gazetaning yozishicha, keyinchalik bu gumondor yana uch kishini josuslik faoliyatiga jalb qilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!