Turkiya 26 maydan boshlab turistlarni PZR testlarsiz qabul qila boshlaydi

Turkiya 26 maydan boshlab turistlarni PZR testlarsiz qabul qila boshlaydi

26 maydan boshlab Turkiya sayyohlardan mamlakatga kirishda PZR testlarni talab qilmaydi, deya xabar berdi «Interfaks».

Xabarga ko‘ra, bu ma’lumot Rossiya aviakompaniyalariga Turkiya fuqaro aviasiyasi ma’muriyatidan kelgan. Avvalroq, 1 apreldan boshlab sayyohlarga Turkiyaga kirish uchun testlar kerak bo‘lmasligi haqida xabar berilgan edi.

Hozirda PZR testlar sayohat qilishdan oldin kamida 72 soat oldin bajarilgan bo‘lishi kerak. 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar ushbu talabdan ozod qilingan.

Eslatib o‘tamiz, virusning Buyuk Britaniyada aniqlangan shtammi tarqalishi sababli Turkiya 30 dekabrdan boshlab PZR-testlarni talab qila boshlagan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!