Tugadi! Urugvay — O‘zbekiston: 3-0

Tugadi! Urugvay — O‘zbekiston: 3-0

China Cup-2019 doirasidagi O‘zbekiston hamda Urugvay terma jamoalari o‘rtasida bahs tugadi.

Birinchi bo‘limda urugvayliklar O‘zbekiston darvozasiga ikkita gol urdi. Dastlab 5daqiqada Gaston Perreyra hisobni ochgan bo‘lsa, Kristian Stuani 24-daqiqada hisobni yiriklashtirdi.

Ikkinchi bo‘limning oxirlarida esa o‘sha Stuani jamoasining uchinchi golini ham kiritdi. Shu tariqa vakillarimiz yirik hisobda yutqazishdi.

Urugvay - O‘zbekiston 3:0

Gol: Pereyro 5, Stuani 24, 82.

Bosh hakam: Milorad Majich.

Urugvay: Muslera, Kaseres, Godin, Ximenes, Laksalt, Nandez, Vesino, Bentankur, Lodeyro, Stuani, Pereyro.

O‘zbekiston: Quvvatov, Sayfiyev, Ismoilov, Krimes, Hoshimov, Ahmedov, Shukurov, Sidiqov, Masharipov, Hamdamov, Shomurodov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!