Tramp vahimada! U sudlashmoqchi

Tramp vahimada! U sudlashmoqchi

Noyabr oyida AQShda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlarida firibgarlik ehtimoli yuqori bo‘lganligi sababli pochta orqali ovoz berish o‘tkazilmasligi kerak, deya ta’kidlaydi amaldagi davlat rahbari Donald Tramp.

CNN telekanaliga ko‘ra, Nevada shtati gubernatori Stiv Sisolak masofadan ovoz berish to‘g‘risidagi qonunni imzolaganidan keyin shtatga qarshi da’vo qo‘zg‘atildi.

Respublikachilar partiyasi barcha shtatlardagi amerikaliklar o‘z ovozlarini "to‘g‘ri" berishlari va respublikachilar partiyasidan nomzod (ya’ni Tramp) o‘ziga tegishli ovozlarni olishga qodir bo‘lishi kerak, deb hisoblamoqda.

"Respublika Milliy Qo‘mitasi ushbu imkoniyatdan juda manfaatdor", deyiladi sudga topshirilgan da’vo arizasida.

Avvalroq Tramp prezidentlik saylovlarida pochta orqali ovoz berishni oqlamagan va bunda "to‘liq tartibsizlik bo‘ladi" deb aytgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!