Tramp AQShning sobiq davlat kotibi Reks Tillersonni befahm va yalqov deb atadi

Tramp AQShning sobiq davlat kotibi Reks Tillersonni befahm va yalqov deb atadi

AQSh prezidenti Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida mamlakatning sobiq davlat kotibi Reks Tillersonni befahm va yalqov deb atadi.

«Davlat kotibi Mayk Pompeo a’lo darajada ishlayapti va men u bilan faxrlanaman. Undan avval ishlagan Reks Tillersonda zarur aqliy qobiliyatlar yo‘q edi. U befahm edi va men undan tezda qutula olmadim. U juda yalqov edi», — deb yozdi Tramp.

Tramp bu fikrlarni Tillerson ochiq bir chiqishida AQSh prezidentini «hisobotlarni o‘qishni va ishning mohiyati anglab yetishni yoqtirmaydigan ancha tartibsiz inson» deb ataganidan so‘ng bildirgan.

ExxonMobil neft kompaniyasini boshqarib kelgan Reks Tillerson Donald Trampning taklifiga ko‘ra AQSh Davlat departamenti rahbari etib tayinlangan edi. Tramp dastlab u haqda ijobiy fikrlar bildirgan, uni «biznesmenan ham kattaroq odam» va «jahon darajasidagi o‘yinchi» deb atagan edi. Keyinroq prezident va davlat kotibi kelisha olmay qolgani haqida mish-mishlar paydo bo‘ldi; 2018 yil mart oyida Tramp Tillersonni lavozimdan oldi.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!