Toyloq tumanida suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Toyloq tumanida suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan mablag‘larni o‘zlashtirgan shaxslar aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toyloq tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Toyloqtumangaz” bo‘limi SUG xizmati xodimlari I.S., K.D., I.O. va F.A. o‘zraro til biriktirib, 2023 yilning oktyabr-noyabr oylarida imtiyozli narxda aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!