"Tottenxem" Joze Mourinyoni ishdan bo‘shatdi

"Tottenxem" Joze Mourinyoni ishdan bo‘shatdi

"Tottenxem" bosh murabbiyi Joze Mourinyo ishdan bo‘shatildi. Bu haqda jurnalist Devid Ornshteyn tvitterda xabar berdi.

Angliya Premyer-ligasining 32-turidan so‘ng "Tottenxem" 50 ochko to‘plab, turnir jadvalida yettinchi o‘rinni egallab turibdi.

Mourinyo 2019 yilning kuzida "Tottenxem"ni qabul qilib olgandi. Shuningdek, u "Manchester Yunayted", "Chelsi", "Real", "Inter" va "Portu"da ishlagan. 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!