Tadqiqot: Tunda yorqin chiroq nuri qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi

Tadqiqot: Tunda yorqin chiroq nuri qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi

Tunda chiroqning yorqin nuridan saqlanish 2-tur qandli diabet rivojlanish xavfini kamaytiradi. Avstraliyaning Flinders universiteti olimlari tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot yakunida shunday xulosaga kelindi.

🗂 Izlanish davomida mutaxassislar tomonidan 85 ming nafar ishtirokchining ma’lumotlari tahlil qilindi. Yorug‘lik sensorlari orqali qayd etib borilgan 13 million soatlik maxsus yozuvlar o‘rganildi.

🔎 Buning uchun diabetning 2-turi bilan og‘rimagan ko‘ngillilar bir hafta davomida maxsus qurilmani bilaklariga taqib yurishdi. Shundan so‘ng to‘qqiz yil davomida ularning salomatlik ko‘rsatkichlari monitoring qilib borildi.

🔬 Yakunda yorug‘lik ta’siri va 2-tur qandli diabetning rivojlanish xavfi o‘rtasida sezilarli bog‘liqlik mavjudligi aniqlandi. Tunda yorqin chiroq nuri insulin sekresiyasi va glyukoza metabolizmiga ta’sir qilishi ma’lum bo‘ldi.

‼️Tadqiqotchilarning "The Lancet Regional Health — Europe" tibbiy jurnalida e’lon qilingan xulosasiga ko‘ra, eng yuqori xavf darajasi tungi 00:30 dan tonggi 06:00 gacha kuzatiladi. Ammo kunduzgi yorug‘lik salomatlik uchun ziyon yetkazmaydi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Matbuot xizmati.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!