Mirzo Ulug‘bek tumanida hojatxonasidan foydalanib olishni iltimos qilgan holda 80 yoshli ayolning uyiga kirgan erkak unga nisbatan shahvoniy shilqimlik qilgan. Undan bunday harakatni kutmagan kampir qo‘shnilarini chaqirib, ichki ishlar organi xabar bergan.
Toshkent shahrida yoshi katta ayolga shilqimlik qilgan erkak ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.
Sud qarorida keltirilishicha, 1969 yilda tug‘ilgan R.S. 2024 yilning 4 iyul kuni Mirzo Ulug‘bek tumani, Jasorat mahallasidagi ko‘p qavatli uylardan birida yashovchi 80 yoshli ayoldan uyining hojatxonasidan foydalanib olishni iltimos qilgan. Ayol xo‘p deya uni uyiga kiritgan. Biroq erkak hojatxonadan foydalanmasdan, kiyimlarini yechib, ayolga shahvoniy shilqimlik harakatlarini qilgan.
Sudda so‘ralgan erkak aybiga iqror bo‘lib, kelgusida bu kabi holatni boshqa takrorlamaslikni aytgan hamda suddan o‘ziga nisbatan yengillik berishni so‘ragan.
Jabrlanuvchi ayol esa sudda 80 yoshda ekanligini, hojatxonasidan foydalanishga ruxsat so‘rab uyiga kirgan erkak unga shilqimlik qilganini bildirgan. Ayol o‘z ko‘rsatmasida erkakka o‘g‘li kelib qolmasdan uydan chiqib ketishini aytganini, ammo u chiqib ketmaganligini, so‘ngra qo‘shnilarini chaqirib, ichki ishlar organiga xabar berganligini ma’lum qilgan. U huquqbuzarni kechirmasligini va qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzu Ulug‘bek tuman sudining 2024 yil 5 iyuldagi qarori bilan R.S. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 41-1-moddasida (shahvoniy shilqimlik) hamda 194-moddasining 1-qismida (Ichki ishlar organlari xodimining qonuniy talablarini bajarmaslik) nazarda tutilgan huquqbuzarliklarni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.
Oldinroq Toshkentda xaridor ayolga shilqimlik qilgan tarvuz sotuvchi qamalgani xabar qilingandi.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Аввал хабар қилинганидек, шу йил 2 декабрь куни соат 10:49 да Гулистон шаҳрининг "Тараққиёт" МФЙ ҳудудида жойлашган овқатланиш шохобчасида содир бўлган ёнғин ҳақида тез тиббий ёрдам "Сall-маркази"га соат 11:13 да хабар келиб тушган.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Марказий банк шуни маълум қиладики, “Humans companies” АЖ ва “Octagram” АЖ ташкилотлари ўртасида 2025 йил 10 апрелда 32-сонли шартнома имзоланган бўлиб, унга мувофиқ, Humans агент сифатида ўз мижозларига тўлов хизматларини (тўлов ва P2P пул ўтказмалари) етказиб беришни бошлаган.
Россия Хавфсизлик кенгаши котиби Сергей Шойгунинг айтишича, Еврoпа, Лотин Америкаси, Яқин Шарқ ва Осиё–Тинч океани минтақасида хавфсизлик вазияти ёмонлашмоқда.
АҚШда миграция рейдлари ҳақида хабар тарқатадиган ICEBlock иловасининг яратувчиси Жошуа Аарон Трамп маъмуриятини судга берди. Унинг айтишича, ҳукумат Apple’ни иловани App Store’дан олиб ташлашга босим ўтказган ва бу сўз эркинлигини бузишдир.
Манбаларнинг айтишича, Франция расмийлари репарацион кредит ғоясини қўллаб-қувватласа ҳам, тижорат банкларидаги активлардан фойдаланишга қарши чиқмоқда, чунки кредиторлар Euroclear билан бошқа шартномавий мажбуриятларга эга.
"Бир неча кун давомида Қўшма Штатларда Украина Бош штаби раҳбари Андрей Гнатов билан биргаликда президент Доналд Трампнинг вакиллари Стив Уиткофф ва Жаред Кушнер билан музокаралар ўтказдик. Конструктив ҳамкорлик учун улардан миннатдорман", — деди Украина Миллий хавфсизлик ва мудофаа кенгаши котиби Рустем Умеров музокаралардан сўнг.
Фаластиннинг ҲАМАС ҳаракати, жумладан, Исроил аскарларини Ғазо сектори ҳудудидан тўлиқ чиқариш шарти билан қурол ташлашга рози эканини маълум қилди, деб хабар берди ҳаракат етакчиси эксклавда.