Farg‘onada 4 yoshli o‘gay o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirgan ota qamaldi

Farg‘onada 4 yoshli o‘gay o‘g‘lini bo‘g‘ib o‘ldirgan ota qamaldi

O‘tgan yilning 9 iyul kuni sudlanuvchi S.S. (erkak) U.O‘. (ayol) bilan shar’iy nikoh asosida turmush qurib, U.O‘. va uning 2020 yil 4 yanvar kuni tug‘ilgan o‘g‘li U.M. bilan birgalikda yashab kelgan.

2023 yil 28 iyul kuni soat 16:30 atrofida sudlanuvchi S.S. o‘gay o‘g‘li U.M. bilan birgalikda yashash xonadonidan Qo‘shtepa tumani Qamishtepa MFY Serquyosh ko‘chasida joylashgan tomorqa yer maydonidagi ekinlarni sug‘orish uchun chiqib ketgan. Ota o‘gay farzandini o‘gayligi uchun undan qutilish maqsadida, hali to‘rt yoshga ham to‘lmagan U.M.ni bo‘yin sohasidan bo‘g‘ib, qasddan o‘ldirgan.

Sud-tibbiyot ekspertizasining 2023 yil 18 dekabrdagi 16-sonli xulosasida, 2020 yil 4 yanvar kuni tug‘ilgan U.M.ning o‘limi nafas teshiklari yopilishi va bo‘yin sohalari a’zolarini qisilishi natijasida yuzaga kelgan mexanik asfiksiyadan kelib chiqqani qayd etilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi S.S. JKning 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam o‘ldirish) "v" bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi. Unga shu modda bilan 15 yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!