Evro-2024. Ispaniya - Fransiya o‘yinini kim boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi

Evro-2024. Ispaniya - Fransiya o‘yinini kim boshqarib borishi ma’lum bo‘ldi

Evropa chempionatining birinchi yarim final o‘yiniga hakam tayinlandi.

Sloveniyalik Slavko Vinchich 9 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan va Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadigan Ispaniya va Fransiya ishtirokidagi Yevro yarim finaliga bosh hakam etib tayinlandi.

Slavkoning yordamchilari uning hamyurtlari Tomaj Klanchnik va Andraj Kovachich, to‘rtinchi hakam Ivan Krujlyak (Slovakiya) bo‘ladi.

VAR hakami Neys Kaytazovich (Sloveniya), yordamchilari italiyaliklar Paolo Valeri va Massimiliano Irrati.

1 iyun kuni Vinchich Chempionlar ligasi finali Dortmundning "Borussiya"si - "Real" (0:2) uchrashuvini boshqargan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!