Bahodir Jalolov Oleksandr Usikni yenga oladimi? Qozog‘istonlik boks afsonasi javob berdi

Bahodir Jalolov Oleksandr Usikni yenga oladimi? Qozog‘istonlik boks afsonasi javob berdi

1996 yilda Atlantada bo‘lib o‘tgan Olimpiada chempioni Vasiliy Jirov “Sports.kz” nashri bilan bo‘lgan suhbatda Bahodir Jalolovning kuchliligi, u professional sifatida nimalarga qodirligi va Oleksandr Usikni mag‘lub etish imkoniyati bor-yo‘qligi haqida o‘z fikri bilan o‘rtoqlashdi.

“Jalolov shunchaki ringda o‘ynaydi, aynan shuning uchun ham g‘alaba qozonadi. U professional boksda ham yaxshi istiqbolga ega. Unda Usikni mag‘lub etish imkoniyati bor. Buning uchun u faqat o‘ziga ishonishi kerak”, — dedi mashhur sportchi.

Ma’lumot uchun, 2023 yilda o‘zbekistonlik bokschi Oleksandr Usik bilan uchrashgan edi.

2019 va 2023 yillarda Jahon chempioni bo‘lgan. Bundan tashqari, Bahodir 2022 yilgi Osiyo o‘yinlari va uch bora Osiyo chempioni bo‘ldi. Jalolov professional ringda 14 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida muddatidan avval g‘alaba qozongan.

Bahodir Jalolov Parij Olimpiadasi qatnashchisi ham hisoblanadi. Musobaqaning boks bo‘yicha bahslari 27 iyuldan 10 avgustga qadar bo‘lib o‘tadi

.Vasiliy Jirov Olimpiadadagi oltindan tashqari, bokschi ikki karra jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni va sovrindori, havaskorlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari sovrindori, professional boks bo‘yicha IBF yo‘nalishida jahon chempioni hisoblanadi. U professional boksning asosiy yo‘nalishlaridan birida chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan birinchi qozoq bokschisi hamdir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!