Istanbul aeroporti yana «Evropaning eng yaxshi aeroporti» unvoni bilan taqdirlandi

Istanbul aeroporti yana «Evropaning eng yaxshi aeroporti» unvoni bilan taqdirlandi

Istanbul aeroporti 34. yillik ACI Europe (Airports Council International) kongressida «Evropaning eng yaxshi aeroporti» unvoni bilan taqdirlandi. Mukofotni İGA aeroporti bosh direktori Selahattin Bilgenga ACI Europe bosh direktori Oliviyer Yankovec topshirdi.

Aeroport bu mukofotni o‘tgan yilgi g‘olib Rim Fiyumichino aeroporti bilan baham ko‘rdi.

Selahattin Bilgen mukofotdan xursandligini bildirdi va bu mukofot ishonchlilik, arzonlik, innovasiyalar va texnologik taraqqiyot sohalarida yanada takomillashtirishga ilhomlantirayotganini ta’kidladi.

🗣 «Biz doimo ishonchlilik, arzon narx, innovasiyalar va texnologik taraqqiyot kabi sohalarda mehmonlarimiz kutganidan oshib ketishning yangi usullarini qidiramiz. Biz Turkiyaning aviasiya va turizm sanoati kelajagini yaxshilashni davom ettirish tarafdorimiz», — dedi Bilgen.

Istanbul aeroporti 2022 yilda bu mukofotni birinchi marta olishi emas, u Yevropaning eng yaxshi aeroporti sifatida ham tan olingan.

Bundan tashqari, Istanbul aeroporti 2026 yilda «Customer Experience Summit» ACI World sammitiga mezbonlik qilishi ma’lum qilindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!