Rossiya FXX 2 mln dollar evaziga yadroviy bombardimonchi samolyotni olib qochishga urinishning oldini oldi

Rossiya FXX 2 mln dollar evaziga yadroviy bombardimonchi samolyotni olib qochishga urinishning oldini oldi

FXXga ko‘ra, samolyotni olib qochishni Ukrain tashkillashtirishga uringan. Rossiya maxsus xizmatlari Tu-22M3 strategik bombardimonchi samolyotining uchuvchisini og‘dirib olishga urinishning oldini olishgani to‘g‘risida hisobot bergan.

Rossiya FXX 2 mln dollar evaziga yadroviy bombardimonchi samolyotni olib qochishga urinishning oldini oldi

calendar

11:05

5138

FXXga ko‘ra, samolyotni olib qochishni Ukrain tashkillashtirishga uringan. Rossiya maxsus xizmatlari Tu-22M3 strategik bombardimonchi samolyotining uchuvchisini og‘dirib olishga urinishning oldini olishgani to‘g‘risida hisobot bergan.

Tu-22M3 strategik bombardimonchi samolyoti. Foto: agtf.ru

Ma’lum qilinishicha, Ukraina razvedkasi rossiyalik uchuvchini o‘zlari tomonga og‘dirib, agar samolyotni o‘g‘irlab olib kelolsa, unga Italiya fuqaroligini va’da qilib, evaziga 2 mln dollar ham bermoqchi bo‘lishgan, deb yozadi Interfax.

Bu harbiy uchoqni olib qochishga birinchi urinish emas. 2022 yilda Ukraina razvedkasi rossiyalik uchuvchilarni pora va Yevropa Ittifoqi fuqaroligi evaziga samolyotlarni olib qochishga ko‘ndirmoqchi bo‘lishgan. Jangovar parvoz chog‘ida Su-24, Su-34 yoki Tu-22M3 samolyotlaridan biri Kirovograd oblastidagi Kanatovo aerodromiga qo‘ndirilishi kerak bo‘lgan.

Ukraina maxsus xizmatlarining muvaffaqiyatli yakunlangan operasiyasi ham bo‘lgan. 319-alohida vertolyot polkida xizmat qilgan Maksim Kuzminov 2023 yilning 9 avgustida Mi vertolyotida Kursk oblastidan Ukraina hududiga 2 ta uchuvchi bilan birga uchib o‘tgan. Uning sheriklarini vertolyot qo‘nganidan so‘ng o‘ldirishgan.

Vertolyotni Ukrainaga topshirgani uchun u 500 ming dollar mukofot olgan. Igor Shevchenko nomiga rasmiylashtirilgan Ukraina pasportini olgach, u Ispaniyaning Vilyaxoyosa shahridan uy sotib olgan. Maksim Kuzminov 2024 yilning fevral oyida o‘z uyining yerto‘lasidagi avtoturargohda noma’lum odamlar tomonidan otib ketilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!