“Fransiya hozir Falastin davlatini tan olishi kerak"

“Fransiya hozir Falastin davlatini tan olishi kerak"

Fransiyadagi parlament saylovlarida g‘alaba qozongan so‘l partiyalarning "Yangi xalq fronti" koalisiyasi rahbari Jan-Lyuk Melanshon o‘zining birinchi qadamlaridan biri sifatida Falastinni tan olish niyatini e’lon qildi.

“Fransiya hozir Falastin davlatini tan olishi kerak. Kuchlar muvozanati butun dunyo bu genosidni qoralashini ko‘rsatishi lozim”, — dedi siyosatchi.

Falastin davlatini tan olish so‘l qanot koalisiyasining saylovdagi asosiy va’dalaridan biridir. Jan-Lyuk Melanshon, shuningdek, Isroil xalqaro qonunlarga rioya qilmaguncha, unga qarshi sanksiyalar joriy etishga chaqirdi.

Evroparlamentga saylovlarda Melenshonning “Ishg‘ol qilinmagan Fransiya” partiyasi Yevroparlamentning birinchi falastinlik a’zosi bo‘lgan fransuz-falastinlik huquqshunos Rima Hasan nomzodini ilgari surgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!