Evro-2024 favoritlari taxmin qilindi

Evro-2024 favoritlari taxmin qilindi

Opta talqiniga ko‘ra Ispaniya va Fransiya Yevro-2024 favoritlari.

Opta superkompyuteri Luis de la Fuente va Didye Desham terma jamoalarining turnirdagi g‘alaba imkoniyatlarini 30%dan baholadi. Shu bilan birga, Ispaniya yarim finaldagi o‘zaro o‘yinda kichik ustunlikka ega – 51%ga qarshi 49.

Angliyaning g‘alabasi 23%ga, Niderlandiyaniki esa 17%ga baholangan. Inglizlarning yarim finaldagi g‘alaba imkoniyati – 53%ga qarshi 47%.

Ispaniya Yevro yarim finalida Fransiya bilan 9 iyulda, Angliya esa Niderlandiya bilan 10 iyulda o‘ynaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!