Qo‘shma Shtatlar Niger poytaxtidagi bazadan qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi

Qo‘shma Shtatlar Niger poytaxtidagi bazadan qo‘shinlarini olib chiqishni yakunladi

Amerika hukumati Niger poytaxti Niameydagi bazadan harbiy xizmatchilarni olib chiqishni yakunladi.

Bu haqda AFP xabar bermoqda.

«Amerika kuchlari va texnikasini 101-havo bazasidan olib chiqish yakunlandi», deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, sentyabr oyi o‘rtalarigacha Pentagon o‘z askarlarini Niger shimolidagi Agadez shahridan olib chiqib ketishi kerak. Nashrning qayd etishicha, 766 nafar amerikalik harbiy Nigerni allaqachon tark etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!