«Tinchlik missiyasi 3.0»: Orban Si Szinpin huzurida

«Tinchlik missiyasi 3.0»: Orban Si Szinpin huzurida

Pekinda Xitoy raisi Si Szinpin va Vengriya bosh vaziri Viktor Orban o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi, deya xabar bermoqda «Sinxua».

Tafsilotlar hozircha taqdim etilmagan.

Orban Xitoyga 8 iyul kuni ertalab yetib keldi. U tashrif maqsadini «tinchlik missiyasi 3.0» deb atadi.

1 iyul kuni Vengriyaning Yevropa Ittifoqi kengashiga raisligi boshlanishi bilan Viktor Orban Kiyev, Moskva va Ozarbayjonga tashrif buyurdi. U Ukraina va Rossiya Federasiyasi prezidentlari Vladimir Zelenskiy va Vladimir Putin bilan Ukrainadagi urushni muhokama qildi, Turkiy davlatlar tashkilotining Ozarbayjondagi sammitida ishtirok etdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!