Raqobat qo‘mitasi “MAXAM-CHIRCHIQ” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobat qo‘mitasi “MAXAM-CHIRCHIQ” AJga nisbatan ish qo‘zg‘atdi

Raqobatni rivojlantirish va iste’mmolchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJda ishlab chiqarilgan mineral o‘g‘it mahsulot narxlarini shakllantirishda amaldagi normativ xujjatlarga rioya etilmaganligi natijasida mahsulot narxlarini asossiz oshishiga olib kelgan harakatlarining alomatlari aniqlangan.

Natijada, mineral o‘g‘it mahsulotlari narxlari o‘rtacha 10 foizdan 15 foizgacha oshishiga sabab bo‘lgan.

Yuqoridagilarga ko‘ra, Raqobat qo‘mitasi tomonidan “MAXAM-CHIRCHIQ” AJga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi “Raqobat to‘g‘risida”gi Qonuni talablari buzilishi alomatlari bo‘yicha ish qo‘zg‘atildi.

Shuningdek, ushbu omil qishloq xo‘jaligi korxonalari (klaster, fermer, dehqon va boshqalar)ga bevosita ta’sir qilib, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari narxlari oshishiga olib kelishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!