"Gaz" va "svet"dan noqonuniy foydalanilishi oqibatida davlat manfaatlariga qancha zarar yetdi?

"Gaz" va "svet"dan noqonuniy foydalanilishi oqibatida davlat manfaatlariga qancha zarar yetdi?

163,3 mln metr kub tabiiy gaz va 220,7 mln kilovatt-soat elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilishi natijasida davlat manfaatlariga jami 550 mlrd 290 mln so‘m zarar yetkazilgan.

AOKAda "O‘zenergoinspeksiya" axborot xizmati rahbari Navro‘z Norboboyev ishtirokida o‘tkazilgan brifingda energetika tizimida qonun hujjatlari ijrosi va davlat nazoratini amalga oshirish yuzasidan ma’lumot berildi.

Joriy yilning birinchi yarmida nazorat tadbirlarida 4 537 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Xususan, 89 ta AGTKSH, 94 ta issiqxona, 94 ta tekstil korxona va 2 ta ohak ishlab chiqarish sexlari faoliyatida noqonuniy va qoidabuzarlik holatlari aniqlandi.

Iste’molchilar tomonidan energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar bo‘yicha 3382 ta ma’muriy ish rasmiylashtirildi.

O‘tkazilgan nazorat tabirlarida aniqlangan holatlarning
1904 tasi elektr energiyasi, 1478 tasi esa tabiiy gazdan foydalanishda qoidabuzarlikka yo‘l qo‘yilganligi ma’lum bo‘ldi.

Inspeksiyaning nazorat-kimyo laboratoriyalari tomonidan neft mahsulotlari bo‘yicha olib borilgan sifat nazorati tadbirlari davomida
AYOQSh va korxonalardan olingan tahlil na’munalaridan 91 ta holatda 3 mln 789 ming litr neft mahsuloti sifatsizligi aniqlanib, sotuvga chiqarilishi oldi olindi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!