Toshkentda o‘zganing suratlarini haqoratli yozuvlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ayol ushlandi

Toshkentda o‘zganing suratlarini haqoratli yozuvlar bilan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ayol ushlandi

Toshkent shahrida o‘zganing fotosuratlari ustiga haqoratli so‘zlar yozib, ijtimoiy tarmoqlarda tarqatgan ayol qo‘lga olindi. Bu haqda IIV Kiberxavfsizlik markazi xabar berdi.

Qayd etilishicha, Yashnobod tumanida yashovchi 33 yoshli (ayol) R.D. ariza bilan murojaat qilib, Telegram messenjerida “Man baxtlimaaannn” nomli profil egasi, R.D.ning fotosuratlarini haqoratli yozuvlar bilan ijtimoiy tarmoqqa joylashtirganini ma’lum qilgan.

Tezkor-qidiruv xizmati Kiberxavfsizlik bo‘linmalari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida, mazkur jinoyatni Sergeli tumanida yashovchi 30 yoshli (ayol) X.F. sodir etgani aniqlangan.

Gumonlanuvchi sifatida tergov organlariga jalb etilgan X.F. jabrlanuvchi R.D.ning fotosuratlarini Telegram, shuningdek, Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi “allohim_0101” akkaunti orqali turli so‘zlar bilan haqoratlab, kamsitgan va ushbu akkauntda uning fotosuratlarini haqoratli yozuvlar bilan joylashtirgani aniqlangan tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilgan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 140-moddasi (haqorat qilish) 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, X.F.ning sodir etilib fosh etilmay qolgan boshqa shu turdagi jinoyatlarga aloqadorligi yuzasidan tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

  • Iyul oxirlarida Buxoro shahrida erkak bilan ishqiy munosabatda bo‘lib, uni turmush o‘rtog‘iga oshkor qilmaslik evaziga telefon talab qilgan qiz qo‘lga olingandi.
  • May oyida Toshkentda ayolning foto-videolarini eri va qaynotasiga ko‘rsatishini aytib, undan pul talab qilgan erkak ushlangani,
  • Toshkent viloyatida 19 yoshli qizning suratlarini tarqatish bilan tahdid qilgan yigit qo‘lga tushgani to‘g‘risida xabar berilgandi.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!