Toshkentda uyushgan jinoyatchilar qo‘lga olindi

Toshkentda uyushgan jinoyatchilar qo‘lga olindi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 2019 yil 17 aprel kuni Toshkent shahar M.Ulug‘bek tumanida yashovchi M.X. IIBga murojaat qilib, unda shu yil 12 mart kun soat 08.00 dan soat 09.30 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxs unga tegishli bo‘lgan, G‘azalkent shahri Bo‘stonliq ko‘chasidagi xonadonini eshigini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, u yerdan Toshiba noutbuki, Linux fotoapparati, RedMi-7 rusumli mobil telefoni va quloqchinlarini o‘g‘irlab ketganligini ma’lum qilgan.

O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qibray tumani Yuqoritoz ko‘chasida yashovchi U.M. va shu tuman Qipchoq ko‘chasida yashovchi SH.T.lar sodir etganliklari aniqlanib, ushlanganlar. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!