Toshkentda «razborchi» qizlar va jinoiy guruhlarga taqlid qilayotgan yigitlarning shaxsi aniqlanmoqda

Toshkentda «razborchi» qizlar va jinoiy guruhlarga taqlid qilayotgan yigitlarning shaxsi aniqlanmoqda

Ijtimoiy tarmoqlar va qator elektron OAVda yoshlar o‘rtasida o‘tgan asrning 70—80 yillaridagi jinoiy guruhlarga taqlid qilayotganlar paydo bo‘lgani haqida xabarlar yoritildi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.

O‘smir qizlar tengdoshini «razbor» qilayotgani aks etgan video ham tarqaldi.

IIBB mazkur ma’lumotlarni tekshirishga kirishdi. Jumladan, 11 oktyabrdan boshlab fotolardagi o‘smirlar va videodagi qizlarning shaxsini aniqlash bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

Shuningdek, Toshkent shahrining Uchtepa tumanidagi Shirin ko‘chasi, 17-uy devorida qoldirilgan suratning mualliflari va ularni bunga undagan sabablar ham o‘rganilmoqda.

 

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!