Toshkentda qoidani buzmagan haydovchiga jarima solindi. Nega?

Toshkentda qoidani buzmagan haydovchiga jarima solindi. Nega?

Joriy yilning 9 iyul kuni fuqaro X.Bekjonovga tegishli bo‘lgan “Tiko” rusumli, 01 Z 538 FA davlat raqam belgili transport vositasi Toshkent shahar, Bektemir tumani hududida, yuqori cheklangan tezlik 70 km/soat bo‘lishiga qaramasdan 80 km/soat tezlik bilan harakatlanganligi maxsus tezlikni o‘lchovchi moslama yordamida aniqlangan.

Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan avtomobilning davlat raqam belgisini aniqlashda xatolikka yo‘l qo‘yilgan va “Matiz” rusumli, 01 Z 538 YEA davlat raqam belgili transport vositasi egasi fuqaro R.Salixovning yashash manziliga jarima solish to‘g‘risidagi qaror yuborilgan.

Ushbu xatolik zudlik bilan bartaraf etilgan. Qoidabuzarlik yuzasidan "Matiz" rusumli avtomobil egasiga chiqarilgan qaror bekor qilinib, “Tiko” rusumli, 01 Z 538 FA davlat raqam belgili transport vositasi egasining yashash manziliga yuborilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!