Toshkentda marafon o‘tkazilishi sabab bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi

Toshkentda marafon o‘tkazilishi sabab bir qator ko‘chalarda transportlar harakati cheklanadi

Toshkent shahrida 21 aprel kuni oltinchi BYD-Tashkent International Marathon va “Yangi nafas” marafoni bo‘lib o‘tadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shu munosabat bilan soat 04:30 dan 14:00 ga qadar quyidagi ko‘chalarda transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi:

  • Afrosiyob ko‘chasi — Islom Karimov shohko‘chasi bilan chorrahadan Oybek ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Oybek ko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi bilan kesishgan chorrahadan Nukus ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Nukus ko‘chasi — Oybek ko‘chasi bilan chorrahadan Abdulla Qodiriy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismi — Nukus ko‘chasi bilan chorrahadan Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari chorrahasigacha;
  • Abdulla Qodiriy ko‘chasining bir qismi — Qorasaroy va Zarqaynar ko‘chalari bilan kesishgan joyidan Shahrisabz ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasigacha;
  • Shahrisabz ko‘chasining bir qismi — Abdulla Qodiriy ko‘chasi bilan chorrahadan Amir Temur shohko‘chasi bilan chorrahagacha;
  • Afrosiyob ko‘chasi — Oybek ko‘chasi bilan kesishgan qismidan Sharof Rashidov shohko‘chasigacha bo‘lgan qismi;
  • Sharof Rashidov shohko‘chasi — Afrosiyob ko‘chasi bilan chorrahadan Islom Karimov shohko‘chasigacha;
  • Islom Karimov shohko‘chasi — Sharof Rashidov ko‘chasi bilan chorrahadan Afrosiyob ko‘chasigacha.

Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!