Toshkentda ishlashga chiqib ketgan haydovchi bedarak yo‘qolgan

Toshkentda ishlashga chiqib ketgan haydovchi bedarak yo‘qolgan

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanida 11 avgust kuni «Taksi favorit lyuks» MCHJ xodimi IIBga murojaat qilib, shu yil 9 avgust kuni ushbu MCHJ haydovchisi Yunusobod tumanida yashovchi Dadaxon Nodirov davlat raqami 01 456 GEA bo‘lgan Nexia rusumli avtomashinasida ishga chiqib ketib, bedarak yo‘qolganligini ma’lum qilgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar derdi.

Hozirda D.Nodirovni qidirib topish choralari ko‘rilgan.

Fuqarolardan, D.Nodirov va uning boshqaruvidagi avtomashina haqida biron-bir ma’lumotga ega bo‘lganlar, ichki ishlar organlarining hududiy bo‘limlariga yoki «102» telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishlari so‘ralgan.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!