Toshkentda haydovchining 67 ta jarimasi uchun Kia mashinasi xatlandi

Toshkentda haydovchining 67 ta jarimasi uchun Kia mashinasi xatlandi

Ma’lum qilinishicha, Majburiy ijro byurosining Olmazor tuman bo‘lim ish yurituviga YHXBning qarorlariga asosan, qarzdor X.Q.dan 1 oy davomida yo‘l harakati qoidalariga rioya qilmay harakatlanishi oqibatida jami 67 ta ma’muriy jarima ishlab olib, 30 million 284 ming so‘mlik qarzdorlik yuzaga kelgan. Qarzdor erkakka nisbatan 67 ta ijro hujjatlari bo‘lim ish yurituviga kelib tushgan.

Qarzdorga nisbatan byuroning tuman bo‘limi tomonidan berilgan ogohlantirishlarga qaramasdan, 67 ta ijro hujjatlari tamomlanmagan. Shundan so‘ng, bo‘lim davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan majburiy ijro harakatlari davomida qarzdorga tegishli bo‘lgan Kia K5 xatlanib, jarima maydonchasiga qo‘yildi.

Hozirda avtotransport vositasini auksion savdosi orqali sotish choralari ko‘rilmoqda. Savdolardan tushgan pul mablag‘lari 30,2 million so‘m miqdoridagi ma’muriy jarimalarni qoplashga yo‘naltiriladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!