Toshkentda erkak sobiq rafiqasini pichoqladi

Toshkentda erkak sobiq rafiqasini pichoqladi

2019 yilning 13 avgust kuni Toshkent viloyatining Toshkent tumani Keles shahri “Oqibat” mahallasida yashovchi 34 yoshli U.YU. IIBga ariza bilan murojaat qilib, shu yil 12 avgust soat 01.00larda sobiq pochchasi, 36 yoshli  SH.P. uyida o‘zaro janjal oqibatida birga yashovchi sobiq turmush o‘rtog‘i, 36 yoshli N.YU. ismli ayolning turli joylariga pichoq bilan urib jarohat yetkazganligini ma’lum qilgan.

Natijada N.YU. kasalxonaga yotqizilgan. SH.P. ushlangan. O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasining yozishicha, mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!