Toshkentda erkak 3 yashar bolani qasddan o‘ldirdi

Toshkentda erkak 3 yashar bolani qasddan o‘ldirdi

Toshkentda erkak 3 yashar bolani qasddan o‘ldirgani haqida xabarlar tarqalgandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Bosh prokuratura axborot xizmati rahbari Hayot Shamsutdinovning ma’lum qilishicha, 9 iyul kuni Yashnobod tumani, Yakkatol ko‘chasidagi ko‘p qavatli uyda ijara asosida yashab kelayotgan 30 yoshli erkak ushbu manzilda qonuniy nikohdan o‘tmasdan yashab kelgan ayoli bilan kelib chiqqan o‘zaro janjal oqibatida, ayolning birinchi turmushidan 2021 yilda tug‘ilgan o‘g‘il farzandiga pichoq bilan bir necha marotaba tan jarohatlari yetkazib, hodisa joyidan yashiringan.

Bola shifoxonaga olib kelingunga qadar vafot etgan.

Mazkur holat bo‘yicha Yashnobod tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (qasddan odam o‘ldirish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi prosessual tartibda ushlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!