Donbass uchun jang: Ukraina Qurolli Kuchlari uchun vaziyat keskin

Donbass uchun jang: Ukraina Qurolli Kuchlari uchun vaziyat keskin

Ruslar Krasnogorovka shimoli-sharqidagi Nevelskoye qishlog‘ini egallab olishdi. Bu haqda "Deep State" xabar berdi.

Shuningdek, Donetsk viloyatida ukrainalik harbiylarning bir qismi qurshab olingani xabar qilingan. Bu haqda «Aidar» bataloni jangchisi Stanislav Bunyatov ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Ukraina harbiylari orasida yaradorlar ko‘p.

«Lisovka va Jelannoye Pervoye o‘rtasidagi vaziyat (murakkab). Ba’zi yigitlarimiz qurshovda, umid qilamanki, ularni qandaydir yo‘l bilan chiqarib yuborishadi», - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!