Endi tadbirkorlarning tovarlari erkin harakatlanishini cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi

Endi tadbirkorlarning tovarlari erkin harakatlanishini cheklashga yo‘l qo‘yilmaydi

“Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.

Unga ko‘ra, tadbirkorlik sub’ektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishi, ushbu sub’ektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududidan qat’i nazar, kafolatlanadi.

Tadbirkorlik sub’ektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining hududiy prinsip bo‘yicha erkin harakatlanishini cheklashga, to‘xtatib turishga va taqiqlashga yo‘l qo‘yilmaydi.

So‘nggi yillarda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan o‘rnatilgan tartibda xarid qilingan paxta chigitini bir viloyatdan (shahardan) boshqa viloyatga (shaharga) olib chiqishda muammolarga duch kelayotganligi yuzasidan noroziliklar bildirgan ko‘plab murojaatlar bo‘lgandi.

Yangi tahrirdagi Konstitusiyada O‘zbekiston hududida iqtisodiy makon birligining, tovarlar, xizmatlar, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘lar erkin harakatlanishining kafolati mustahkamlandi.

Tadbirkorlik sub’ektlari tovarlari, xizmatlari, mehnat resurslari va moliyaviy mablag‘larining, ushbu sub’ektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgan hududdan qat’i nazar, O‘zbekiston hududida erkin harakatlanishiga doir huquqi ta’minlanishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish nazarda turtilgan qonun qonunchilik palatasi tomonidan 2024 yil 5 martda qabul qilingan, Senat tomonidan 2024 yil 18 mayda ma’qullangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!