Afg‘oniston va Pokiston chegarasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi

Afg‘oniston va Pokiston chegarasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi

Afg‘onistonda hokimiyatni egallab olgan “Tolibon” harakati jangchilari va Pokiston chegara qo‘shinlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlar natijasida kamida ikki kishi halok bo‘ldi.

Bu haqda TOLOnews telekanali xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Afg‘onistonning Xost viloyatidagi bahsli chegara hududida Tolibon va Pokiston harbiylari o‘rtasidagi davriy janglar ikkinchi kundirki davom etmoqda.

To‘qnashuvlar natijasida ikki kishi, jumladan bir ayol halok bo‘ldi, jarohatlanganlar soni 11 nafarga yetdi. Shanba kuni kechqurun viloyat hokimi o‘rinbosari jangovar hududga tashrif buyurib, “Tolibon” chegarachilari va mahalliy aholi bilan uchrashdi. Qayd etilganidek, u xavfsizlik kuchlariga chegarani buzgan va Afg‘oniston hududiga kirganlarni bostirish haqida ko‘rsatma bergan.

Eslatib o‘tamiz, 7 sentyabr kuni TOLOnews telekanali o‘z manbasiga tayanib, shanba kuni Afg‘oniston tomoni bahsli chegarada nazorat-o‘tkazish punkti qurayotgani sababli Tolibon va Pokiston chegarachilari o‘rtasida janglar yana boshlangani haqida xabar bergan edi. Telekanal suhbatdoshiga ko‘ra, har ikki tomondan qurbonlar bor, ammo ularning aniq soni aytilmagan. Hududda harbiy harakatlar bor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!