Eron shimolida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida kamida 55 kishi jabrlandi

Eron shimolida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida kamida 55 kishi jabrlandi

Eron shimolidagi Razaviy Xuroson viloyatida avtobusning halokatga uchrashi oqibatida kamida 55 kishi jabrlandi.

Bu haqda IRNA agentligi ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, avtobus Sabzevar-Nishopur yo‘lida yuk mashinasi bilan to‘qnashib ketgan.

Qayd etilishicha, voqea joyiga to‘rtta tez yordam mashinasi yetib kelgan, besh nafar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!