Kongoda maymun chechakka qarshi emlash kelasi oy boshlanadi

 Kongoda maymun chechakka qarshi emlash kelasi oy boshlanadi

Bu haqda mamlakat hukumati ma’lum qildi.

Shu hafta boshida vaksinalarning birinchi partiyasi epidemiya markazi bo‘lgan Kongo poytaxtiga yetkazib berildi. Daniyaning Bavarian Nordic kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan JYNNEOS vaksinasining 100 000 dozasi Yevropa Ittifoqining sog‘liqni saqlash favqulodda agentligi (HERA) orqali xayriya qilindi. Yana 100 000 ta vaksina shanba kuni yetkazib berildi.

Birinchi navbatda eng ko‘p zarar ko‘rgan uchta viloyatda aholini emlashga e’tibor qaratiladi. Avval kattalar emlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!