Kiyev Tehronni «halokatli oqibatlar» haqida ogohlantirdi

Kiyev Tehronni «halokatli oqibatlar» haqida ogohlantirdi

Ukraina ballistik raketalarning Rossiyaga uzatilishi mumkinligidan xavotirda Eronga murojaat qildi. Kiyev Tehronni ikki tomonlama munosabatlar uchun «halokatli oqibatlar» haqida ogohlantirdi. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

«Biz yana bir bor Eron rahbariyatini BMT Nizomi va xalqaro huquqqa ko‘ra bosqinchi davlat sifatida tan olingan Rossiyaga har qanday qurol yoki harbiy texnika yetkazib berishdan tiyilishga chaqiramiz», — deyiladi bayonotda.

Ikki yildan ortiq vaqtdan beri Ukraina Rossiya havo hujumlaridan, jumladan Eronda ishlab chiqarilgan uchuvchisiz uchoqlardan foydalanadigan hujumlardan aziyat chekmoqda.

«Biz xalqaro hamjamiyatni xalqaro tinchlik va xavfsizlikni himoya qilish uchun Tehron va Moskvaga bosimni kuchaytirishga chaqiramiz», dedi vazirlik.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!