Sirdaryoda 6 ta avtomobil to‘qnashdi

Sirdaryoda 6 ta avtomobil to‘qnashdi

8 sentyabr kuni soat 18:00 larda, Sirdaryo viloyati, Oq oltin tumani, «Yangi davr» mahallasi hududidan o‘tuvchi A-373 avtomobil yo‘lida bir necha avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Sirdaryo viloyati YHXB xabariga ko‘ra, «Gentra» rusumli avtomobil tartibga solingan piyodalar svetoforida to‘xtagan. Shunda uning orqa tomonidan oraliq masofani saqlamagan holda kelgan 5 ta avtomobil bir-biriga urilgan

Oqibatda, barcha 6 ta transport vositasi texnik shikastlangan, tan jarohati olganlar yo‘qligi ta’kidlanmoqda.

Hodisa yuzasidan Oq oltin tumani IIB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!