Toshkentda Captiva urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Toshkentda Captiva urib yuborgan piyoda voqea joyida vafot etdi

Bugun, 8 iyun kuni Toshkent shahrining Yashnobod tumanida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Holat soat 00:10 larda Yashnobod tumani Do‘stobod MFY Sultonali Mashhadiy ko‘chasida sodir bo‘lgan. 1983 yilda tug‘ilgan haydovchi K.C. Captiva rusumli avtomashinasini boshqarib ketayotib, 1985 yilda tug‘ilgan piyoda E.X.ni urib yuborgan.

YTH oqibatida piyoda olgan tan jarohatlari sabab voqea joyida vafot etgan. Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!